Timur va Iroda Yusupova nikoh oqshomidan! Timur va Iroda Yusupova nikoh oqshomiga tashrif buyurgan mehmonlarning ko'pchiligi hayratda ekanligini ta'kidlab o'tish lozim, nazarimda. Ammo, bu asosiysi emas. Zero, nikoh oqshomi kutilgandanda yuqori darajada o'tdi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra Timur tahallusi ostida ijod qilgan yosh shoirning passportidagi ismi Abduvohid ekan. Taklifnomada Abduvohid deb yozilganligi bois ko'pchilik boshqa insonni kuyov deb fikrlashganligi ham bor gap. Mayli, nima bo'lsa ham bu mavzuga unchalik chuqurlashishni o'zimizga ep ko'rmaymiz. Chunki, har bir insonning o'z shaxsiy hayoti bor. Shaxsiy - demak hech kim aralashishga haqqi yo'q degani. Shunday ekan, biz ikki yoshga eng asosiysi hisoblanadigan baxt va saodatni tilab qolamiz. Ikki yoshni muborakbod etish uchun Ulug'bek Rahmatullaev, "Fayoz" guruhi, Sitora Farmonova, "Dilshox" guruhi, Ruhshona, Sirojiddin, "Afruz" guruhi va yana ko'plab estrada vakillari tashrif buyurdilar. Kechani TVM boshlovchisi Oybek Rihsibekov olib bordi. Kuyovjo'ralik vazifasi esa taniqli bastakor Doniyor A'zamov zimmasiga yuklatilgan
|