American Airlines aviakompaniyasining styuardessasi tobi qochib qolgan ikkinchi uchuvchining o’rnini egallab, bortida 225 nafar yo’lovchilari bo’lgan samolyotni qo’ndirishga yordamlashdi. Bu voqYea San-Frantsisko (Kaliforniya shtati)dan Chikago (Illinoys shtati)ga ketayotgan havo kemasida sodir bo’ldi. Bortida 225 nafar yo’lovchilar va 7 nafar ekipaj a`zolari bo’lgan laynerning ikkinchi uchuvchisi grippga o’xshash kasallik belgilari paydo bo’lganidan so’ng, o’zini juda yomon his eta boshladi. "Tobi qochgan ikkinchi uchuvchi yo’lovchilar saloniga o’tib o’tirdi. Shundan so’ng kema kapitani yo’lovchilarga murojaat etib, uchuvchilik ruhsatnomasi bo’lgan insonlardan yordam so’radi, — deb hikoya qiladi American Airlines ning rasmiy vakili Tim Vagner. — Sayohatchilar orasidan bunday odam topilmadi, ammo styuardessalardan birida tijorat aviakompaniyasi uchuvchisi ruhsatnomasi borligi ma`lum bo’ldi. U ikkinchi uchuvchining o’rnini egalladi, shundan so’ng kapitan boshqaruvidagi samolyot eson-omon O'Xeyr xalqaro aeroportiga qo’ndi”. Styuardessa ekipaj a`zolariga kerakli ma`lumotlarni Yetkazib turdi, shuningdek, qo’nish oldidan tekshiruvchi nazorat ro’yxatini o’qidi, bajarishi lozim bo’lgan barcha ishlarni bemalol uddaladi. Chikagoga Yetib kelgach, mahalliy shifoxonalardan birida tobi qochgan uchuvchiga zaruriy tibbiy yordam ko’rsatildi.
|