20:50:08 Ozodbek Nazarbekov | Tarjimai hol | |
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan. 1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002 yildan buyon “O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do`stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari “Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan. 1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Respublika, viloyat, tuman va shahar televideniya tarmoqlarida xonandaning "Kel, ey yorim" (1994 y), "Toshkentim go`zallari" (1997 y), "Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y), "Bevafo" (2003 y), "Jonim manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y), "Yomg`ir" (2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari va musiqiy kliplari muntazam namoyish etib kelinmoqda. Hozirda xonandaning qo`shiqlari aytilmagan bayram, to`y, radio to`lqinlari topilmasa kerak. Ayniqsa, oxirgi yillarda "Kutaman", "Anjancha", "Nayda bor", "Bevafo", "Ona" qo`shiqlari yoshu-qari tinglaydigan qo`shiqqa aylandi. 2008 yilda muxlislar e`tiboriga havola qilingan qo`shiqlar orasida ham uzoq vaqt tinglab yuriladigan qo`shiqlar mavjud. Xonandaning ham asl maqsadi bir oz eshitilib esdan chiqariladigan emas, balki har vaqt ham eshitish zavq bag`ishlaydigan qo`shiqlar yaratish. Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Davlat San`at oliygohini tamomlagan. 2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvonini bilan taqdirlangan. | |
|
Всего комментариев: 2 | |
| |