Главная » 2010 » May » 25 » Microsoft Office 2007 O'zbekcha
23:17:24
Microsoft Office 2007 O'zbekcha
Qisqacha ta'rif
Microsoft Office Language Interface Pack 2007 - O'zbekcha ko‘p Microsoft Office 2007 dasturlari uchun O'zbekcha foydalanuvchi interfeysini ta’minlaydi.

Qisqacha tafsilotlarVersiya: 1
Chop etilgan sanasi: 26/08 2008
Til: O'zbek tili (Lotin)
Yuklab olish hajmi: 229 KB - 23.1 MB*
*Yuklash hajmi tanlagan yuklash tarkiblariga bog'liqdir.

Keng ko'rinish
Microsoft Office Language Interface Pack 2007 - O'zbekcha quyidagilar uchun O'zbekcha foydalanuvchi interfeysini ta’minlaydi:
Microsoft Office Excel 2007

Microsoft Office Outlook 2007

Microsoft Office PowerPoint 2007

Microsoft Office Word 2007

Tizim talablari
Qo'llab quvvatlangan operatsion tizimlari: Windows Vista; Windows XP Service Pack 3
Dasturiy ta’minot talab qilinmoqda: Microsoft Office 2007ning har qanday Ruscha versiyasi quyidagi qo‘llanmalarini o‘z tarkibiga oladi: Excel, Outlook, Powerpoint yoki Word.
Diskdagi bo‘sh joyga talab: Hozirgi paytda o‘rnatilgan Office 2007 dasturlari tomonidan ishlatilayotgan qattiq diskning bo‘sh joyiga yana qattiq diskning 20 megabayt (MB) bo‘sh joyi talab qilinmoqda.

Ko'rsatmalar
Buni o‘rnatish uchun quyidagini yuklang:
LanguageInterfacePack.exe faylini "Yuklamoq" tugmasini (yuqorida) bosib va faylni qattiq diskka saqlab olgan holda yuklang.
Sichqoncha orqali qattiq diskdagi LanguageInterfacePack.exe dasturiy fayliga "Sozlamoq" dasturini ishga solish uchun ikki marta bosing.
O‘rnatishni yakunlash uchun ekrandagi yo‘l-yo‘riqqa amal qiling.
Microsoft Office 2007 Language Interface Pack uchun bir marta o‘rnatilgan "Readme" faylini quyidagida topa olasiz: C:\Program Files\Common Files\microsoft shared\OFFICE12\LCID\LIPread.htm
Office 2003ni Office 2003 Language Interface Pack bilan Office 2007ga Office 2007 Language Interface Pack bilan yangilatish qo‘llab-quvvatlanmaydi. Agar Siz Office 2003ni asosiy o‘rnatilishini Office 2007ga Office 2007 Language Interface Pack bilan yangilatmoqchi bo‘lsangiz, quyidagiga amal qiling:
Office 2003 Language Interface Packni dasturini olib tashlang
Office 2007 sozlanishini ishga tushiring va yangilash opsiyasini tanlang.
Office 2007 sozlanishi yakunlanganida, Office 2007 Language Interface Packni o‘rnating va sozlang

Office mahsulotini aktivlashtirish:
Microsoft Office faollashtirish ustasi dialog oynasida butun o‘rnatish kodini o‘qishda muammoga duch kelsangiz yoki Microsoft® Office Language Interface Pack 2007ni ishlatayotganda butun o‘rnatish kodi to‘g‘ri aks ettirilmasa, Microsoft Officeni faollashtirish uchun ustani bekor qiling va asosiy tildagi mahsulotga o‘ting.

Foydalanish uchun yo‘l-yo‘riq:

Foydalanuvchi interfeysini Microsoft Office Language Interface Pack 2007 – O'zbekcha tiliga o‘tish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

Microsoft Office 2007 tillar parametrlariniStart\Barcha dasturlar\Microsoft Office\Microsoft Office vositalari menyusidan ishga tushiring.
Interfeys tili ilovasini va Microsoft Office menyulari va dialog oynalarini quyidagida ko‘rsatmoq: ochiluvchi ro‘yxatida belgilang, va ko‘rsatmoqchi bo‘lgan tilni tanlang. Siz tanlagan til sukut bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Interfeys tili ilovasida Office displeyini Windows displeyiga moslashtiruvchi opsiya mavjud. Joriy Windows tili ko‘rsatiladi. Agar Siz Office displeyi Windows displeyiga mos kelishini istasangiz, Microsoft Office displey tilini Windows displey tiliga o‘rnatmoq oynasini tanlang. Bu parametr Display Microsoft Office menyulari va dialog oynalari ro‘yxatida qilingan belgilashni o‘zgartiradi.
"O‘zgartirish tillari" ilovasida Sizga "Foydalanish mumkin bo‘lgan o‘zgartirish tillari" ro‘yxatidan yoqish uchun kerak bo‘lgan tilni tanlang va "Qo‘shmoq"ni cherting. Siz tanlagan til endi "Yoqilgan o‘zgartirish tillari" ro‘yxatida ko‘rsatiladi.
"O‘zgartirish tillari" ilovasida "Asosiy o‘zgartirish tillari" ro‘yxatidan Asosiy o‘zgartirish tili qilib qo‘yish uchun tilni tanlang.
"Ha" tugmasiga cherting.

Siz tanlagan til parametrlari Office qo‘llanmalarini keyingi safar ishga tushirganingizda kuchga kirishadi.
Eslatma: Yordamni Microsoft Office Language Interface Pack 2007 - O'zbekcha tiliga o‘girib bo‘lmaydi. Yordam doim Sizning boshlang‘ich o‘rnatish tilida qoladi.
Ochiluvchi ro‘yxatdagi Yordamni aks ettirish tilini doim asosiy tilga sozlang.

Ushbu yuklashni olib tashlash uchun:
Windows XP Home yoki Professional Editionda quyidagi qadamlarni amalga oshiring:
Barcha dasturlarni yoping.
Windows boshqaruv panelidagi "Dasturlarni qo‘shmoq yoki olib tashlamoq" ikonachasini ikki marta cherting.
"Joriy o‘rnatilgan dasturlar" oynasida Microsoft Office Language Interface Pack 2007ni, so‘ng "Olib tashlamoq" tugmasini bosing.
Ekrandagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.

Windows Vistadagi qadamlariga amal qiling:
Barcha dasturlarni yoping.
Windows boshqaruv panelidagi "Dasturlar va imkoniyatlar" ikonchasiga ikki marta bosing.
"Dasturni olib tashlamoq yoki o‘zgartirmoq" opsiyasida "Joriy o‘rnatilgan dasturlar" oynasidagi Microsoft Office Language Interface Pack 2007 - O'zbekchani cherting, so‘ng "Olib tashlamoq" opsiyasini tanlang.
Ekrandagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.
Yuklab olish
Offise 2007 o'zbekcha slaydlari
Exelni o'rgatuvchi
Outlookni o'rgatuvchi
Power Pointni o'rgatuvchi
Wordni o'rgatuvchi
Yordam olish

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Soft | Просмотров: 2744 | Добавил: administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 mikado   (27-05-10 23:27:22) [Материал]
smile smile smile biggrin biggrin biggrin

  
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]