Главная » 2010 » Iyyul » 18 » AZIZ_UZB.UZ: Qizlarni O`rash Haqida Shunday Deydi...
23:15:07
AZIZ_UZB.UZ: Qizlarni O`rash Haqida Shunday Deydi...

Qizlar bilan ilk marotaba tanishganda shunday hatoliklarga yo`l qo`yamiz-ki, keyinchalik bular bizning munosabatlarimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Albatta, ko`pchilik bunday holatlarni yuzlarida tabassum bilan yodga olishadi. Lekin bu holatdan doimo ham kulgu bilan chiqib keta olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan tanishishdan avval quyidagilarni bilib o`lsangiz o`zingizga foyda bo`ladi.
1. O`ZINGIZNI MUHABBAT ASIRIGA AYLANTIRMANG
U haqda kamroq o`ylang. Hayolingizda uning tasvirini chizishni ham bas qiling. Ayolga sizning fikrlaringizni band etishga imkoniyat bermang. Agar shunda ham muhabbat dardiga duchor bo`lsangiz, unga buni bildirmang. Albatta, ayollarda ichki hissyot juda rivojlangan. Bu sizga qiyin bo`lishi mumkin. Agar u sizning yaxshi ko`rishingizni payqasa, bu sizga jarima bo`ladi. Ayollar bilan bo`ladigan aloqalarning barchasini yakkama-yakka o`ynladigan o`yinga qiyoslash mumkin. Siz keyingi uchrashuvlarni hayajonga berilmagan holda rad eting. Unga ko`p qo`ng`iroq qilmang. Siz qilayotgan qo`ng`iroqlar soni u sizga qilayotgan qo`ng`iroqlar sonidan ortib ketmasin. Ammo, ataylab qilayotganingizni sezdirmaslikka harakat qiling.
Yodda tuting: agar bu qism shartlarini bajarmasangiz, qolgan shartlar o`z kuchini yo`qotadi!
2. AYOLNI YAXSHILAB O`RGANIB CHIQING
Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish toping. Qizni "skaner" qilib, "rentgen"dan o`tkazib o`rganing. Muhimi uning qalbiga yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon ko`rgan narsalarini bilib oling. Agar u turmush qurgan bo`lsa, extiyot bo`ling. Eng asosiysi uning turmush o`rtog`ini yomonlamang. Yaxshisi uni himoya qilishingiz to`g`risida ikki og`iz gapirib qo`ying.
3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA E`TIBORLIROQ BO`LING
Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar ayol sizga "erkak kishi maymundan farq qilsa bo`ldi", desa, ishonmang! Albatta, go`zallik bu nisbiy tushuncha. Agar sizdab ter hidi kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa, yaxshisi siz tanishish haqida o`ylamang.
Kiyim ham bu borada muhim unsur hisoblanadi. Hayotda avval soatini, keyin botinkasini, so`ngra yigitning o`zini yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan. Biroq kiyimga katta e`tibor berish ham talab etilmaydi. Muhimi ular toza va o`zingizga yarashib turadigan bo`lishi lozim.
4. "ERKAK BO`LING"
Xarakteringizga katta e`tibor qarating - qiyin vaziyatlarda his-hayajonga berilmasdan, hazil bilan vaziyatni yumshating. Jiddiylikni saqlang. Mimikangizning holatiga ham alohida e`tibor bering. Ayollar masxaraboz erkaklarni yoqtirishmaydi. Qizni turli laqablar ("mushukcham" va boshqalar) bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos qiliqlar qilmang. Agar u sizga "Huddi yosh bolaga o`xshaysiz-a", desa, tamom. Munosabatlaringizni yaxshilash yo`llarini qidiravering.
Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi. Lekin siz buni suyiste`mol qilmang. Uning fikrlarini o`zingizning "temir mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi.
5. ZIQNALIK QILMANG
Ayollar ziqna erkaklarni hush ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy muammolar bo`lsa, go`zal xonimlar haqidagi orzularingizni unuting. Cho`ntagingizga pul tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan qizni restoranga taklif qiling. U yerda unga eng qimmat taomlardan totib ko`rishni maslahat bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra bunday sahiylikka mahliyo bo`lgan ayol, biron-bir arzonroq taomga buyurtma berishi aniqlangan. Ko`plab arzon sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta qimmatini sovg`a qiling. Siz ayolga o`z qarashlaringizdan kelib chiqib emas, balki uning ko`nglidagi narsani sovg`a qilishga harakat qiling.
Shuni unutmang-ki, ortiqcha qilingan harajat ham qizning ko`nglini sovutib qo`yishi mumkin. Agar sizlar taksiga o`tirib, unga keragidan ko`p pul bersangiz, siz haqingizda qiz quyidagilarni o`ylashi mumkin:
- Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa bo`lardi.
- U taksida juda kam yuradi.
- U savdolashishni bilmaydi, u bilan uzoqqa borib bo`lmaydi.
- U mening yonimda o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas ekan.
6. UNI TINGLANG VA AKSINI BAJARING
Gap shundaki qizlarning ko`pchiligi o`zlari o`ylayotgan narsaning teskarisini so`rashadi. Agar biror qiz sizni hech qachon sevib qolmasligini aytsa, bu haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin, ko`p hollarda buning aksi bo`lib chiqadi.
7. ALOQALARGA ANIQLIK KIRITISHGA HARAKAT QILMANG
Qiz sizni sevadimi-yo`qmi, bilishga harakat qilmang. Undan bugun nega kayfiyati yo`qligini, shirin so`zlar bilan sizni siylamayotganligi haqida so`ramang. Biror marta bunday suhbat sizlarning boshingizdan o`tgan bo`lsa, butun umrga yutqazdim deb hisoblayvering.
8. UNGA MASLAHAT BERMANG
Har qanday holatda ham ayollarga maslahat bermang. Qanday bo`yanadi, qanday kiyinadi, o`zi hal qilsin. Buni u o`ziga nisbatan haqorat deb qabul qilishi mumkin. Hatto u o`zining bugungi hunuk ko`rinishi haqida fikringizni so`rasa ham sizning nigohlaringizda undan go`zali yo`qligini ayting.
Ilmiy yoki ish yuzasidan maslahatlarda esa boshqacha yo`l tuting. Ularda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Yaxshisi siz u sizning oldingizga qo`ygan variantlar ichidan keraklidini tanlab olishga yordam bering.
9. O`ZINGIZGA ISHONING
Bilasizmi, kecha siz havas bilan qarab turgan qiz bugun sizniki bo`lishi mumkin. Umuman tanishib bo`lmaydigan ayollar yo`q. Ular ham biz istagan narsani hohlashadi. Bizningcha siz shu qizning orzusidagi yigitsiz. O`zingizga ishonch bilan qarang. Lekin o`zingizni birnchi o`ringa qo`ymang. Ayollar egoistlarni yoqtirishmaydi.
Agar siz shu qoidalarga amal qilsangiz o`ylaymizki ko`nglingizdagi qiz bilan tanishish sizga ancha oson bo`ladi.
Просмотров: 14265 | Добавил: AZIZ_UZB_UZ | Рейтинг: 4.2/9
Всего комментариев: 2
0  
2 Zayire Urazov   (27-09-13 16:17:03) [Материал]
O'ziz nechtasini ilintirgansiz? ;-)

  
0  
1 Ortiq   (29-01-12 18:34:32) [Материал]
Raxmat

  
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]