22:17:17 16-IYUL | OB-HAVO MA'LUMOTI | |
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 iyul kuni Toshkentda havo o’zgarib turadi, qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 37-39 daraja issiq bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik bo’lmaydi. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 20-25, kunduzi 31-36 daraja issiq bo’ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik bo’lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo’ladi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik bo’lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 18-23, kunduzi 35-40 daraja issiq bo’ladi. Toshkent viloyatida havo o’zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ib, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 18-23, kunduzi 35-40 daraja issiq bo’ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik bo’lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 20-25, kunduzi 38-43 daraja issiq bo’ladi. Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik bo’lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo’ladi. Respublikamizning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ib, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja issiq bo’ladi. | |
|
Всего комментариев: 1 | |
| |