Windows 7 Til interfeysi paketi Qisqacha ta'rif Windows 7 Til interfeysi paketi (TIP) Windows 7ning eng keng tarqalgan qisman mahalliylashtirilgan foydalanuvchilar interfeysi bilan ta'minlaydi Qisqacha tafsilotlarFayl nomi: LIP_uz-Latn-UZ.msi Versiya: 1.0 Chop etilgan sanasi: 02/04 2010 Til: O'zbek tili (Lotin) Yuklab olish hajmi: 2.5 MB Taxminiy yuklab olish vaqti: 7 daqiqa 56K Keng ko'rinish Windows 7 Til interfeysi paketi (TIP) Windowsning eng keng tarqalgan qisman tarjima qilingan versiyasi bilan ta'minlaydi. TIPni o'rnatgandan so'ng, ustalar, dialog oynalar, menyular va Yordam va Madad mavzulardagi matn TIP tilida aks ettiriladi. Tarjima qilinmagan matn Windows 7 bazaviy tilida bo'ladi. Misol uchun, Windows 7ning ispancha versiyasini sotib olgan va Katalancha TIP o'rnatgan bo'lsangiz, ba'zi matnlar ispanchada qoladi. Bir bazaviy tilda bir nechta TIP o'rnatishingiz mumkin. Windows TIPlari barcha Windows 7 versiyalarida o'rnatilishi mumkin. Tizim talablari Qo'llab quvvatlangan operatsion tizimlari: Windows 7 Microsoft Windows 7 Windows 7ning talab qilingan asosiy tilini o'rnatish: Inglizcha, Ruscha Yuklash uchun 4.63 Mb bo'sh joy O'rnatish uchun 15 Mb bo'sh joy Ko'rsatmalar DIQQAT: Agar kompyuteringizda BitLocker shifrlash yoqilgan bo'lsa, TIPni o'rnatishdan avval uni to'xtatib turing. Boshqarish panelini oching, Tizim va xavfsizlikni tanlang va undan so'ng BitLocker Drive Encryptionni cherting. Suspend Protectionning ustiga bosing. Ushbu TIP faqat Windows 7ning 32 bitli versiyasida qo'llab-quvvatlanadi. Quyida Windows 7ning qaysi versiyasi o'rnatilgnligini aniqlash yo'li ko'rsatilgan: Start tugmasiga cherting, so'ng sichqonchaning o'ng tugmasi bilan "Kompyuter"ga cherting va Xususiyatarni tanlang. Bu kompyuter haqidagi asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. "Tizim" bo'limida tizimning turini aniqlash uchun qarang. Bunda Windows 7 operatsion tizimi 32 bitli operatsion tizim yoki 64 bitli operatsion tizimligini aniqlanadi. Yuklashni boshlash uchun ushbu sahifada Yuklamoq tugmasini yoki ochiladigan ro'yxatdan boshqa tilni tanlang va O'tishni cherting. Quyidagilardan birini bajaring: Hoziroq o'rnatishni boshlash uchun Ochmoqni yoki Ushbu dasturni uning joriy joylashuvidan ishga tushirmoqni cherting. Kompyuterga keyinroq o'rnatish maqsadida yuklashdan nusxa ko'chirish uchun Saqlamoqni yoki Ushbu dasturni diskka saqlamoqni bosing. Ko'chirib olish href="http://www.microsoft.com/downloads/details.aspx?FamilyID=a1a48de1-e264-48d6-8439-ab7139c9c14d&DisplayLang=uz" rel="nofollow" target="_blank">Microsoftdan ko'chirish
|