«VIP Kun» xizmatiga ulangan abonentlar keyingi kun davomida tarmoq ichida cheklanmagan miqdorda qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi. Xizmatni yoqish: USSD-komandasi orqali: *111*0991# («Mobil yordamchi» xizmati); «Mobil portal *111#» orqali; «Shaxsiy kabinet» Internet xizmati orqali; 616099 raqamiga SMS orqali «1» yuborib («SMS-yordamchi» xizmati). Izohlar Xizmat yoqilgandan keyin tarmoq ichida barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar keyingi kuni (1 kun) narxlanmaydi; Xizmatni har bir yoqilishi – $0,99, xizmat yoqillgach haq yoziladi; Xizmat yoqilganda abonentning hisobida yetarli mablag’ ($0,99 dan ortiq) bo’lishi lozim. Xizmat yoqilgan vaqtda hisobdan mablag’ olinadi. Abonent hisobida yetarli mablag’ bo’lmasa, unga quyidagicha SMS yuboriladi: "U Vas nedostatochno sredstv dlja aktivacii uslugi. Prosim popolnit’ balans” Xizmat ijobiy balansda muvaffaqiyatli yoqilsa va keyingi kuni qarz bo’lib qolsa (xizmat ko’rsatulguncha vaqtincha blokirovkaga tushib qolsa), xizmat amalda bo’lmaydi. Xizmatdan foydalanish uchun xizmat amalda bo’lgan kunda (ya’ni xizmat yoqilgandan keyingi kunda) hisobni to’ldirish va aktiv holatga qaytish kerak. Xizmat shartlariga ko’ra, abonent «Uzdunrobita» XK tarmog’i xizmat doirasida bo’lgandagina bepul qo’ng’iroqlarni amalga oshirish mumkin.
|