Главная » 2010 » Iyyul » 17 » 17-IYUL | OB-HAVO MA'LUMOTI
02:20:46
17-IYUL | OB-HAVO MA'LUMOTI

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 iyul kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 15-17 metrga yetadi. Kechasi 20-22, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi.

Категория: Boshqalar | Просмотров: 1381 | Добавил: administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]